» » Yelizaveta II: “Men Garri va Meganning yangi hayot boshlash to‘g‘risidagi istagini qo‘llab-quvvatlayman”

Yelizaveta II: “Men Garri va Meganning yangi hayot boshlash to‘g‘risidagi istagini qo‘llab-quvvatlayman”


Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II shahzoda Garri va Megan Marklning qirollik oilasi imtiyozlaridan voz kechib, ko‘proq shaxsiy hayoti bilan yashash to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi. Bu kabi bayonot qirollik oilasi kengashining yakunida ma’lum qilingan, deb xabar beradi Meduza.

“Men va mening oilam Garri hamda Meganning yosh oila sifatida yangi hayot boshlash to‘g‘risidagi istagini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Bizga qolsa ular qirollik oilasining to‘laqonli a’zosi sifatida qolgani yaxshi edi, shunga qaramay biz ularning mustaqil hayot kechirish to‘g‘risidagi qarorini hurmat qilamiz”, — deyiladi bayonotda.

Qirolicha, shuningdek, Garri va Megan Markl uchun “o‘tish davri” haqida ham ma’lum qildi. Bu davr oralig‘ida ular Buyuk Britaniya va Kanadada yashaydi, yakuniy qaror tez kunlarda e’lon qilinadi.

Shahzoda Garri va Megan Markl qirollik oilasi imtiyozlaridan voz kechishlari haqida 8-yanvar kuni ma’lum qilgandi. OAV esa Yelizaveta II bundan bexabar ekanligi haqida yozgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2020, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют