» » Farg‘onada YPX inspektori o‘qituvchini yerga yiqitib, majburlab mashinaga o‘tqizdi. Holat yuzasidan rasmiy bayonot berildi

Farg‘onada YPX inspektori o‘qituvchini yerga yiqitib, majburlab mashinaga o‘tqizdi. Holat yuzasidan rasmiy bayonot berildi


Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi va fuqaro ishtirokida yuz bergan holat tasvirlangan video tarqaldi. Unda YPX xodimi yigitni yerga yiqitib, avtomobilga o‘tqizmoqchi bo‘lgani aks etgan.

IIV YHXBB matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, voqea Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani hududidagi harbiy poligonda 2020-yilning 11-yanvar kuni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazilayotgan kunda yuz bergan.

Tadbir sababli “Farg‘ona—Chimyon” yo‘li YPX xodimlari tomonidan yopilgan vaqtida Farg‘ona tumani Oqbilol qishlog‘idagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini poligondagi tadbirga o‘qituvchilar hamrohligida avtobusda olib kelingan.

Shu hududda xizmat olib borayotgan Farg‘ona viloyati IIB YHXB YPX inspektori I.Odilov maktab o‘qituvchilariga tadbir sababli yo‘l yopilganligini, rahbarlardan ruhsat so‘rash kerakligini aytgan. O‘qituvchi esa “menda ruxsatnoma bor, o‘tishim kerak” deb, inspektorga qo‘pol muomala qilgan va inspektor bilan maktab o‘qituvchisi o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.

Birlamchi ma’lumotga ko‘ra maktab o‘qituvchisi YPX xodimini haqorat qilganligi uchun xodim uni yerga yiqitib, patrul avtomobiliga o‘tqizmoqchi bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan IIV YHXBB tomonidan nazoratga olinib, ayni paytda xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2020, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют