» » Toshkent IIBB YHXB: Poytaxtda haydovchilar o‘rtasida “migalka” va “sirena” o‘rnatish urfga aylanmoqda

Toshkent IIBB YHXB: Poytaxtda haydovchilar o‘rtasida “migalka” va “sirena” o‘rnatish urfga aylanmoqda


Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari poytaxtda haydovchilar o‘rtasida “migalka” va “sirena” o‘rnatish urfga aylanganini kuzatmoqda. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jumladan, joriy yil 10-yanvar kuni soat 12:20 da Minor masjidi yonida maxsus yorituvchi qurilma o‘rnatilgan Spark rusumli avtomobil shu hududda xizmat olib borgan YHXB YPX inspektori tomonidan to‘xtatildi. Aniqlanishicha, avtomobilni ishonchnoma asosida 21 yoshli Farhodjon Z. boshqarib yurgan va maxsus yorituvchi qurilmalar o‘rnatish uchun ruxsatga ega bo‘lmagan.

Ushbu fakt asosida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasi bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirildi.

Ma’lumot uchun, tegishli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o‘rnatish, shuningdek, davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish ana shu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga muvofiq, mazkur qoidabuzarlik hollarida avtomobil jarima maydonchasiga joylanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2020, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют