» » Surxondaryoda 120 mln so‘mga yer ajratib bermoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari ushlandi

Surxondaryoda 120 mln so‘mga yer ajratib bermoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik jinoyati fosh etildi.

Oltinsoy tumanidagi “J.M.” fermer xo‘jaligi rahbari N.D. fuqaro X.M.ning ishonchiga kirib, uni aldab, xo‘jalikka tegishli paxta va g‘alla mahsulotlari yetishtirish uchun mo‘ljallangan 2,5 gektar yer maydonini, baliqxona tashkil etish uchun ajratish hamda ushbu yerni tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 120 million so‘m pulni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

“Mazkur holat yuzasidan N.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, — deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2020, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют