» » Xitoyda tarqalgan noma’lum virus O‘zbekistonga xavf solmaydimi?

Xitoyda tarqalgan noma’lum virus O‘zbekistonga xavf solmaydimi?


Xitoyda koronavirusning yangi turi paydo bo‘lgani xaqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi matbuot xizmati ushbu kasallik to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosining ma’lumotlariga ko‘ra Xitoyda koronavirusning yangi tipi epidemiyasi yuzaga kelgan. Xitoyning Uxan shahar Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi 2019-yilning dekabr oyining oxirida Uxan shahar Xubey provinsiyasida noma’lum etiologiyali pnevmoniya kasalligi tarqalganligini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Xitoyda qariyb 60 kishi pnevmoniyaning noma’lum turi bilan kasallandi

Xitoyning Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari (XTSQ) milliy koordinatori ma’lumotiga ko‘ra 2020-yilning 11-yanvar holatiga Uxan shahrida 41 ta holatda virusli pnevmoniya kasalligi aniqlangan, ularda bir kishi vafot etgan, 6 nafari sog‘ayib shifoxonadan chiqarilgan. Bemorlarning ko‘pchiligi tana haroratining yuqoriligi hamda nafas olishining qiyinlashishiga shikoyat qilgan. Ko‘krak qafasining rentgenografiya xulosasiga ko‘ra ayrim holatlarda bemorlarning o‘pkalari shikastlangan.

Bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 739 nafar, shulardan 419 nafari tibbiyot xodimlari tibbiy nazoratga olingan. Hozircha ular orasida kasallik alomatlari aniqlanmagan.

Milliy koordinatorning ma’lumoti asosida XTSQ-2005 mezonlari bo‘yicha ushbu kasallikning xalqaro miqyosda tarqalish xavfi hamda xalqaro savdo va sayohatlarga to‘sqinlik yo‘qligi ma’lum qilingan. Bugungi kunda kasallikni odamdan odamga yuqishi aniqlanmagan.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirusning yangi turidan birinchi odam vafot etdi

Qayd etilishicha, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, kasallikning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:

“Kasalliklarni respublikaga kirib kelishi va keng tarqalishini oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan nazoratga olingan”, — deyiladi ma’lumotda.

Avvalroq O‘zbekiston TIV Xitoyda tarqalgan yangi virus sababli u yerga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ehtiyot bo‘lishga chaqirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2020, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют