» » Chinozlik erkak xotinini pichoqlab o‘ldirib, so‘ng o‘ziga ham pichoq urdi. Erkak tirik qoldi

Chinozlik erkak xotinini pichoqlab o‘ldirib, so‘ng o‘ziga ham pichoq urdi. Erkak tirik qoldi


Toshkent viloyatining Chinoz tumanida mudhish qotillik yuz berdi. Mast holdagi er xotinini pichoqlab o‘ldirib so‘ng o‘z joniga suiqasd qildi. Bosh prokuraturaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, voqea 13-yanvar kuni soat 03:00 larda sodir bo‘lgan.

Muqaddam sudlangan 32 yoshli Yu.A. mast holatda 31 yoshli xotini L.A. bilan o‘zaro janjallashib, oshxona pichog‘i bilan chap orqa ko‘krak qafasi sohasi va bel sohasi chap yonbosh qismiga urib, qasddan o‘ldirgan. So‘ng o‘zining chap qo‘l bilak sohasini kesib, qorin sohasi o‘ng tomon pastki qismiga to‘rt marotaba pichoq bilan sanchib, joniga suiqasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan Yu.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2020, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют