» » Toshkentga olib kelingan tez tibbiy yordam uchun 150 ta Ford qaysi mablag‘dan xarid qilindi?

Toshkentga olib kelingan tez tibbiy yordam uchun 150 ta Ford qaysi mablag‘dan xarid qilindi?


Toshkentda tez tibbiy yordam uchun 150 ta Ford rusumidagi zamonaviy reanimobillar topshirilgani haqida xabar berilgan edi. RSHTYOIMning Toshkent shahar Tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori Sirojiddin Hayitmetov “Kun.uz” bilan suhbatda ushbu reanomobillarning qaysi mablag‘ hisobidan xarid qilingani haqida gapirdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi ‘O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi qarori asosida tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga amaliy ko‘maklashish va uning moddiy-texnika bazasini yaxshilash uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan ‘Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi’ tashkil etilgan. Loyiha asosan shu jamg‘arma tomonidan moliyalashtirildi”.

Nega aynan Ford rusumidagi reanimobillar tanlangani haqidagi savolga Sirojiddin Hayitmetov quyidagicha javob beradi:

“Dastlab Ford rusumli avtomashina tanlanishidan oldin jahon tajribasi o‘rganib chiqildi. Hatto Yevropaning ko‘plab davlatlarida bu avtomashinadan foydalaniladi. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida TTYO xizmati uchun ajratilgan transport vositalari ustunligi va kamchiliklari, TTYO xodimlari va bemorlar uchun qulayliklari (kengligi, balandligi, yumshoqligi) yoqilg‘i turi, yoqilg‘i sarfi va bizning iqlim sharoitimizga to‘g‘ri kelishi kabi bir qator parametrlari bo‘yicha solishtirildi va aynan shu reanimobillar ma’qul deb topildi”.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyiha samarasi o‘rganilgan holda 2020—2021-yillarda respublikaning barcha hududlaridagi Damas sanitar tez tibbiy yordam avtomashinalari bosqichma-bosqich almashtirilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2020, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют