» » Nukusda Vatan himoyachilari kuni vatanparvarlik festivali tashkil etildi

Nukusda Vatan himoyachilari kuni vatanparvarlik festivali tashkil etildi


Nukus shahri markazida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari davlat bayroqlari o‘rnatilgan maydon oldida “Vatanparvarlik — milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida vatanparvarlik festivali tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Festivalda o‘quvchi va talabalar, keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari polkovnik Shavkat Eshchanov festivalni ochar ekan, Qurolli Kuchlarda olib borilayotgan izchil islohotlar sabab milliy armiya yoshlar uchun chinakam mardlik, matonat va jasorat maktabiga aylanganini ta’kidladi.

Harbiy texnika va qurol-aslaha namunalarining namoyishi, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, harbiy orkestr va taniqli estrada xonandalarining kuy va qo‘shiqlari yig‘ilganlarga bayram shukuhini ulashdi.

Dala oshxonasi majmuasida tayyorlangan harbiycha tushlik ishtirokchilarning tahsiniga sazovor bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2020, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют