» » Billi Aylish Jeyms Bond haqidagi yangi filmning asosiy qo‘shig‘ini ijro etadi

Billi Aylish Jeyms Bond haqidagi yangi filmning asosiy qo‘shig‘ini ijro etadi


Britaniyalik taniqli josus Jeyms Bond haqidagi yangi filmning asosiy qo‘shig‘i Billi Aylish tomonidan ijro etiladi. Bu haqda 007 raqamli josus franshizasining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berilgan.

Billi Aylish, franshiza tarixida film saundtrekini ijro etgan eng yosh xonandaga aylanadi. Qo‘shiqning nomi oshkor qilinmagan, qo‘shiqchi asarni o‘z akasi Finneas O’Konnel bilan birga yozgan.

Jeyms Bond haqidagi yangi, hisob bo‘yicha 25-film “O‘lish vaqti emas” nomini olgan. Bosh rolni avvalgi bir nechta filmdagi kabi Deniel Kreyg ijro qiladi.

Mavzuga doir: Jeyms Bond haqidagi yangi film treyleri chiqdi (video)

Bond haqidagi avvalgi 2015-yilda katta ekranlarga chiqqan filmda saundtrekni britaniyalik qo‘shiqchi Sem Smit o‘zi yozgan va ijro etgandi. Ijrochi ushbu musiqiy asar uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Mavzuga doir: Foto: Avstriya Alplaridagi Jeyms Bond muzeyi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2020, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют