» » Arzon planshet tanlaymiz

Arzon planshet tanlaymiz


Ushbu yo‘riqnomada arzon, ammo sifatli planshet tanlash haqida gapiramiz.

Birinchidan, ekran o‘lchamini aniqlashtirib oling. Siz 7 dyuymli portativ planshet istaysizmi yoki kattaroq qurilmanimi? Sizga aynan qaysinisi mos kelishini biz bilmaymiz, biroq umuman olganda, planshetni doim o‘zingiz bilan olib yurmoqchi bo‘lsangiz, 7—8 dyuymlisini, uyda foydalanmoqchi bo‘lsangiz, 9—10 dyuymlisini tanlaganingiz ma’qul.

Arzon planshetning xotirasi katta bo‘lishiga umid qilmang, biroq siz tanlagan qurilmada qo‘shimcha xotira uchun microSD sloti bo‘lsa — yaxshi.

Minimum sifatida 16 Gb xotirani tanlang: 8 Gb ichki xotira, qo‘shimcha xotira kartasini o‘rnatish imkoni bo‘lmasa, ishingizni g‘oyatda cheklaydi, uning yarmi (yoki undan ham ko‘prog‘i) operatsion tizim va oldindan o‘rnatilgan dasturlar bilan band bo‘ladi.

Ko‘pchilik planshetlarning kameralari (arzon planshetlarni qo‘ya turing) smartfonlar kameralariga qaraganda ancha oddiy bo‘ladi. Arzon planshetda chiroyli surat yoki videolar tushirishga umid qilmang. Ammo bu siz uchun muhim bo‘lsa, planshetlar xususiyatlarini o‘rganib, nisbatan yaxshiroq kamerasi bo‘lganlarini tanlang.

GGs raqamlari va hatto tezkor xotiraga ham diqqat qaratmang. Mobil protsessorlarning xilma-xilligi hatto tajribali foydalanuvchilarni ham chalg‘itadi, shu tufayli siz mahsuldorlikni GGsga asoslanib baholamang. Eng yaxshisi — real foydalanuvchilarning fikrlarini o‘qing.

Siz bilishingiz kerak bo‘lgan so‘nggi narsa — bozordagi arzon planshetlarning deyarli hammasiga Android operatsion tizimi o‘rnatilgan bo‘ladi. U foydalanish juda oson bo‘lgan va iOS’dan qolishmaydigan tizim.

Bugungi kunda Google Play do‘koni bo‘lmagan qurilmani uchratish juda qiyin, ammo baribir tekshirib ko‘ring, chunki planshet sotib olganingizdan keyin u Google tomonidan tasdiqlanmaganini va Google dasturlarini yuklab ololmasligingizni o‘rganish — juda ko‘ngilsiz holat.

Manba: “Howtablet.ru”

Опубликовано: admin (8-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют