» » Iroqdagi AQSh foydalanadigan harbiy bazaga raketa zarbalari berildi

Iroqdagi AQSh foydalanadigan harbiy bazaga raketa zarbalari berildi


Bag‘dod shimolidagi AQSh harbiy xizmatchilari joylashgan Et-Taji harbiy bazasi raketalar hujumiga uchradi. Bu haqda Reuters harbiylarning rasmiy bayonotiga tayanib xabar berdi.

Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q. “Al-Xadat” telekanalining ma’lum qilishicha, harbiy bazaga qarata zalp o‘t ochuvchi tizimdan jami beshta raketa uchirilgan.

Mazkur holat bo‘yicha javobgarlikni hozircha hech kim bo‘yniga olgani yo‘q. Iroqdagi harbiy obyektga uyushtirilgan hujum so‘nggi ikki kun ichidagi ikkinchi hujum hisoblanadi — 12-yanvar kuni Balad bazasi o‘qqa tutilishi oqibatida to‘rt nafar iroqlik harbiy jarohat olgandi.

Eslatib o‘tamiz, 3-yanvar kuni AQSh Bag‘dod aeroporti yaqiniga bergan aviazarba oqibatida Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi generali Qosim Sulaymoniy halok bo‘lgan. Iroq hukumati hujum haqida oldindan ogohlantirilganini ma’lum qilgan. Voqeadan keyin Iroq parlamenti mamlakat hududidan xorijlik harbiylarni chiqarib yuborishga ovoz berdi. Keyinchalik Pentagon AQShning Iroq hududidan harbiylarni olib chiqib ketish niyati yo‘qligini bildirgan. AQSh mudofaa vaziri Mark Esper Iroq harbiylarni mamlakatdan chiqarish bo‘yicha rasmiy shaklda yozma murojaat kelib tushmaganini ta’kidlagan.

Mavzuga doir: Bag‘dod shahridagi “yashil hudud” yana o‘qqa tutildi

Yanvar oyining boshida Iroq hukumati mamlakatdagi barcha xorij qo‘shinlarini chiqarib yuborishi haqida ma’lum qilgandi. 6-yanvardan boshlab ularga Bag‘dod bilan kelishmasdan turib, harakatlanish taqiqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2020, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют