» » AQSh budjeti taqchilligi 7 yil davomida ilk bor 1 trln dollardan oshdi

AQSh budjeti taqchilligi 7 yil davomida ilk bor 1 trln dollardan oshdi


AQSh budjetining 2019-yil yakunlari bo‘yicha taqchilligi 1,02 trillion dollarni tashkil etdi. Bu haqda mamlakat moliya vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.

Oldingi gal Qo‘shma Shtatlar kalendar yilini trillion dollardan oshiq budjet taqchilligi bilan 2012-yilda yakunlagandi.

AQShda budjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi farq ham tobora ortib bormoqda. Jumladan, o‘tgan yil oktabr—dekabr oylarida bu ko‘rsatkich 357 milliard dollarni tashkil etdi.

Bu 2018-yilning shu davriga nisbatan 12 foizga ko‘p.

Oxirgi vaqtda AQSh budjeti taqchilligiga ta’sir qilayotgan asosiy omillar qatorida soliqlarning qisqarishi va prezident Trampga federal hukumat xarajatlarini oshirish imkonini beruvchi budjet kelishuvi aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2020, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют