» » OCh—2020. O‘zbekiston—Janubiy Koreya 1:1. Matnli onlayn

OCh—2020. O‘zbekiston—Janubiy Koreya 1:1. Matnli onlayn


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 15-yanvar, chorshanba kuni 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida 2020-yilgi Osiyo chempionatida 3-tur uchrashuvini guruh peshqadami Janubiy Koreyaga qarshi olib boradi.

Bankok yaqinidagi “Tammasat” stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15:15 da start oladi.

“Daryo” esa mazkur bellashuvdan matnli onlayn translyatsiyani amalga oshiradi.

13:56. Assalomu alaykum, aziz futbol ixlosmandlari. C guruhida bugun hal qiluvchi o‘yin. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi guruh g‘olibligi uchun Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bellashuvni mazkur sahifada matnli onlayn tarzida kuzatishingiz mumkin.

27. Jasur Yaxshiboyevda yaxshi zarba, faqat biroz noaniq!

25. Koreyslar goldan so‘ng yana to‘p nazoratiga zo‘r bermoqda. O‘zbekiston esa qarshi hujumga o‘tishga harakat qilmoqda.

21. GOOOL! Bobur Abduxoliqovdan qoyilmaqom gol! Aziz G‘aniyevning uzatmasini Bobur koreyslar darvozasiga joylab qo‘ydi.

Bu esa Janubiy Koreya urgan gol

Guruhning ikkinchi uchrashuvi Eron—Xitoy o‘rtasida kechmoqda. Hozircha tomonlar 0:0 hisobida durang qayd etmoqda.

17. Janubiy Koreyadan yana bir xavfli hujum. Biroq to‘p noaniq tepildi.

15. Koreyslar hujum qilishdan O‘zbekiston esa himoyalanishdan hozircha charchagani yo‘q. Raqiblar navbatdagi burchak to‘pini tepadi.

12. Janubiy Koreya total ustunlikka ega bo‘lmoqda.

11. Ne’matov to‘pga chiqishda xatolikka yo‘l qo‘ydi. Yaxshi hamki, koreyslar ham to‘pga yetib kela olmadi.

10. Dastlabki 5 daqiqalikdan so‘ng koreyslar hisobda oldinga chiqib ham oldi, o‘yin tizginini esa qo‘lga ham oldi.

5. GOOOOL. O Se Hun hisobni ochdi. Uzoqdan yo‘llangan zarba yo‘l-yo‘lakay himoyachilarimizga tegib, Abduvohid Ne’matov darvozasidan joy oldi. VAR esa golni tekshirmoqda. Afsus, gol hisobga olindi.

3. Aziz G‘aniyev maydon markazida to‘xtatib qolindi. O‘zbekiston hozircha to‘pni ham o‘yinni ham nazorat qilmoqda.

1. O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki daqiqalarda to‘pga egalik qilmoqda. Hojiakbar Alijonovga nisbatan qo‘pollik ishlatildi.

15:15. Uchrashuv boshlandi, aziz muxlislar!

15:12. Madhiyalar yangradi, hamma narsa uchrashuv boshlanishiga tayyor holatda! Olg‘a, O‘zbekiston!

Drulovich Janubiy Koreyaga qarshi asosiy tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston: Abduvohid Ne'matov, Ilhom Alijonov, Husniddin Aliqulov, Islom Qobilov, Hojiakbar Alijonov, Aziz G‘aniyev, Abdulla Abdullayev, Oybek Bozorov, Sanjar Qodirqulov, Jasur Yaxshiboyev, Bobur Abduholiqov.

O‘zbekiston terma jamoasi kiyim almashtirish xonasi shay holatga keltirilgan

Futbolchilarimiz stadionga yetib keldi

Janubiy Koreya olimpiyachilarining ham asosiy tarkibi ma’lum bo‘ldi

Janubiy Koreya: 1.Song Bum Kun, 3.Kang Yun Sung, 5.Jong Te Vuk, 6.Kim Dong Xyun, 7.Vu Yong Jong, 12.Kim Je Vu, 16.Jong Sung Von, 17.Um Vun Sang, 18.Oh Se Xun, 20.Von Du Je, 22.Yun Jong Gyu.

Ikkala terma jamoa futbolchilarining maydondagi joylashuvi

 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2020, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют