» » “Oskar—2020”: “Joker” va “Irland” eng yaxshi filmga da’vogar, Skarlett Yoxansson ikki nominatsiyaga nomzod deb ko‘rsatildi

“Oskar—2020”: “Joker” va “Irland” eng yaxshi filmga da’vogar, Skarlett Yoxansson ikki nominatsiyaga nomzod deb ko‘rsatildi


Amerika kinoakademiyasi “Oskar—2020” mukofoti uchun nomzodlarni e’lon qildi, deb xabar bermoqda Meduza. Taqdirlash marosimi 9-fevral kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.

Avval xabar berilganidek, bu yilgi “Oskar” mukofotlari topshirish marosimi boshlovchisiz o‘tadi. Bunday hol tarixda uchinchi bor va qatorasiga ikkinchi yil sodir bo‘lmoqda.

Xabarda aytilishicha, 2020-yilning eng yaxshi filmi nomiga “Ford Ferrariga qarshi” (“Ford vs Ferrari”), “Irland” (“Irishman”), “Quyon Jojo” (“Jojo Rabbit”), “Joker” (“Joker”), “Kichik ayollar” (“Little Women”), “Nikoh tarixi” (“Marriage Story”), “1917”, “Bir kuni...Hollivudda” (“Once Upon a Time...in Hollywood”), “Parazitlar” (“Parasite”) filmlari davogarlik qilmoqda.

Eng yaxshi rejissor uchun “Oskar”ni Martin Skorseze — “Irland” (“Irishman”), Todd Fillips — “Joker” (“Joker”), Sem Mendes — “1917”, Kventin Tarantino — “Bir kuni...Hollivudda” (“Once Upon a Time...in Hollywood”), Pon Jun-xo — “Parazitlar” (“Parasite”) olishi mumkin.

Eng yaxshi aktyor nomiga Antonio Banderos — “Azob va sharaf” (“Pain and Glory”), Leonardo Di Kaprio — “Bir kuni... Hollivudda” (“Once Upon a Time...in Hollywood”), Adam Drayver — “Nikoh tarixi” (“Marriage Story”), Xoakin Feniks — “Joker” (“Joker”), Donatan Prays — “Ikki papa” (“The Two Popes”) da’vogarlik qilmoqda.

Eng yaxshi aktrisa mukofotiga esa Sintiya Erivo — “Harriyet” (“Harriet”), Skarlet Yoxansson — “Nikoh tarixi” (“Marriage Story”), Sirsha Ronan — “Kichik ayollar” (“Little Women”), Sharliz Teron — “Mojaro” (“Bombshell”), Rene Zelvegger — “Judi” (“Judy”) nomzod qilib ko‘rsatilgan.

O‘zbekistondan esa Rejissor Umid Hamdamovning “Issiq non” kinokartinasi “Oskar” mukofotiga “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasi bo‘yicha da’vogarlik qiladigan filmlar ro‘yxatiga kiritilgan edi.

“Oskar—2020” mukofoti uchun nomzodlarning to‘liq ro‘yxati bilan kinoakademiya saytida tanishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2020, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют