» » OCh—2020. O‘zbekiston Janubiy Koreyaga yutqazib bo‘lsa-da, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (video)

OCh—2020. O‘zbekiston Janubiy Koreyaga yutqazib bo‘lsa-da, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (video)


O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 15-yanvar, chorshanba kuni Osiyo chempionati—2020 3-turida Janubiy Koreya bilan o‘ynadi.

Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq koreyaliklar oldinga o‘tib oldi, Chon Sin Vonning uzoqdan yo‘llangan zarbasi yo‘l-yo‘lakay O Se Hunga tegib, Abduvohid Ne’matov darvozasidan joy oldi. Bunga o‘zbekistonliklar 21-daqiqaga kelib javob qaytardi. Aziz G‘aniyevning uzatmasidan keyin Bobur Abduholiqov boshi bilan zarba bergan holda muvozanatni tikladi.

71-daqiqada O Se Hunning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasini Ne’matov qaytara olmadi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Parallel kechgan o‘yinda Eron olimpiyachilari Xitoy bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning 87-daqiqasida Omid Nurafkon penaltini golga aylantirgan holda jamoasini oldinga olib chiqdi.

Shu tariqa O‘zbekiston va Eron guruhni 4 ochko bilan yakunladi, Drulovich shogirdlari to‘plar nisbati bo‘yicha ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va chorak finalga yo‘l oldi.

U23 Osiyo chempionati—2020

3-tur bahslari

15-yanvar, chorshanba

C guruhi

Gollar: 0:1 — 5 O Se Hun, 1:1 — 21 Abduholiqov, 1:2 — 71 O Se Hun

Gol: 0:1 — 87, penalti Omid Nurafkon

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2020, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 63) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют