» » Pensiya jamg‘armasi Hyatt Regency Tashkent pensiya pullariga qurilganini rad etdi

Pensiya jamg‘armasi Hyatt Regency Tashkent pensiya pullariga qurilganini rad etdi


Ijtimoiy tarmoqlarda “Pensiya puliga qurilgan Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi xususiylashtiriladi” sarlavhali chiqishlar e’lon qilindi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ularda “Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi pensiya oluvchilarning puliga bunyod etilgan” mazmunidagi ma’lumotlar berilgan, bu esa noto‘g‘ri axborotlar tarqalishi va aholining savollariga sabab bo‘lmoqda.

“Qayd etish joizki, Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hech bir ko‘rinishdagi loyihalarni moliyalashtirishga sarflanmaydi. Xususan, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi pensiya oluvchilarning puliga bunyod etilganligi haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilgan hamda ushbu loyihaga Pensiya jamg‘armasi tomonidan hech qanday mablag‘ ajratilmagan. Jamg‘arma mablag‘laridan faqat pensiyalar to‘lovini moliyalashtirish uchun foydalaniladi”, — deyiladi xabarda.

Amaldagi qonunchilik talablariga binoan, jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘lari mavjud bo‘lgan holda qisqa muddatli tijorat banklaridagi depozitlar va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtiriladi.

Mavzuga doir: Toshkentda pensiya puliga qurilgan Hyatt Regency mehmonxonasi xususiylashtiriladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2020, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют