» » AQSh Iroqdagi IShIDga qarshi operatsiyalarni qayta boshlaydi

AQSh Iroqdagi IShIDga qarshi operatsiyalarni qayta boshlaydi


Amerikalik harbiylar Iroqdagi IShID terrorchilik tashkiloti jangarilariga qarshi operatsiyalarni va Iroq kuchlarini tayyorlashni qaytadan boshlaydi, deb xabar qiladi “Kommersant”.

AQShdagi amaldorlardan birining aytishicha, ikki mamlakat harbiylari o‘rtasidagi ayrim qo‘shma operatsiyalar hozirda boshlangan, biroq oldingidek ko‘p emas.

Iroq Qurolli Kuchlarini qayta tayyorlash bo‘yicha ishlarning detallari hozirda ko‘rib chiqilmoqda.

Yana bir amaldorning ma’lum qilishicha, armiya amaldorlari iroqliklar bilan operatsiyalarni qayta boshlashni muhokama qilishmoqda, ammo bu muzokaralarda kimning aniq ishtirok etgani va bu Iroq hukumati tomonidan tasdiqlanganmi yoki yo‘qmi noma’lum.

Avvalroq Iroq parlamenti mamlakatda IShIDga qarshi kurashayotgan Amerika va koalitsiyaga a’zo boshqa davlat qo‘shinlarini mamlakatdan chiqarib yuborishga ovoz bergandi.

Mavzuga doir: AQSh Iroqqa ko‘rsatayotgan harbiy yordamni 250 mln dollarga qisqartirishga tayyorligini bildirdi

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2020, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют