» » O‘zbekistonda 2019-yilning eng xaridorgir mashinasi nomi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 2019-yilning eng xaridorgir mashinasi nomi ma’lum bo‘ldi


UzAuto Motors kompaniyasi 2019-yilda avtomobil ishlab chiqarishni necha foizga oshirgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi O‘zA.

2019-yilning yanvar—dekabr oylarida 51 824 ta Damas avtomobili (o‘sish sur’ati 149,7 foiz) ishlab chiqarilgan bo‘lsa, Gentra modeli 44 508 dona (o‘sish sur’ati 133,6 foiz), Spark 24 249 dona (o‘sish sur’ati 83,4 foiz), Labo 7 288 dona (o‘sish sur’ati 98,7 foiz) hamda Tracker rusumi 7 930 dona ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, o‘tgan yilning yanvar—dekabr oylarida eng xaridorgir model sifatida Nexia-3 avtomobili tanlandi. UzAuto Motors mazkur rusumdagi avtomobildan yil davomida 73 151 dona ishlab chiqardi. Bu esa 2018-yilga nisbatan yilning mos davriga qaraganda 123,3 foizga oshganini ko‘rsatadi.

Qolaversa 2019-yilning yanvar—dekabr oylarida 56 211 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 2018-yilning mos davriga nisbatan 149,4 foizga oshganini ko‘rsatadi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra 2019-yilning yanvar—dekabr oylarida 5 944 dona Malibu (o‘sish sur’ati 89,7 foiz) avtomobili ishlab chiqarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2020, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют