» » Buxoroda 1000 dollar evaziga navbatsiz kvartira olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Buxoroda 1000 dollar evaziga navbatsiz kvartira olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi


Buxoroda 1 000 dollar evaziga navbatsiz kvartira olib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 54 yoshli I.M. fuqaro D.U.ni aldab, Buxoro shahrida qurilayotgan 7 qavatli arzon uylardagi 3 xonali kvartiralardan birini navbatsiz olib berish evaziga 1 000 dollar talab qilgan.

I.M. 2020-yil 7-yanvar kuni Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasida kimyoviy ishlov berilgan 1 000 dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi hamda 28, 211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2020, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют