» » “Barselona” himoyachisi Bundesliga klubiga yo‘l oldi

“Barselona” himoyachisi Bundesliga klubiga yo‘l oldi


“Barselona” himoyachisi Jan-Kler Todibo faoliyatini “Shalke-04”da davom ettiradi. Bu haqda nemis klubi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

“Shalke-04” 20 yoshli futbolchini 2020-yilning 30-iyuniga qadar ijaraga olgan. Gelzenkirxenliklar klubi Todiboning maoshini to‘laydi. Shuningdek, ularda fransiyalik himoyachini 25+5 million yevro evaziga sotib olish huquqi bo‘ladi. Agar nemis klubi Todiboni sotib olish huquqidan foydalansa, u holda “Barselona” futbolchini 50+10 million yevroga qayta sotib olish imkoniyatini saqlab qoladi.

Jan-Kler 2019-yilning yanvarida “Tuluza”dan katalonlar safiga kelib qo‘shilgandi. Uning “ko‘k-anorranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Todibo joriy mavsum “Barselona” safida La Ligada ikkita va Chempionlar Ligasida bitta o‘yin o‘tkazdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2020, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют