» » Chechenistonni Muslim Xuchiyev vaqtinchalik boshqarib turadi. Ramzan Qodirov davolanmoqda

Chechenistonni Muslim Xuchiyev vaqtinchalik boshqarib turadi. Ramzan Qodirov davolanmoqda


Ramzan Qodirov o‘z o‘rniga Chechenistonni vaqtinchalik boshqarib turish uchun hukumat rahbari Muslim Xuchiyevni tayinladi. Bu haqdagi qaror 2020-yil 13-yanvardan kuchga kirgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Ma’lum bo‘lishicha, Ramzan Qodirov ayni paytda davolanmoqda. Bu ma’lumotni axborot agentligiga Checheniston rahbarining matbuot kotibi Alvi Karimov tasdiqlagan.

Mavzuga doir: Ramzan Qodirovning qizi kutubxona binosida restoran ochib, grozniyliklarni g‘azablantirdi

Eslatib o‘tamiz, Muslim Xuchiyev 2019-yilning 11—16-fevral kunlari Ramzan Qodirov betobligi bois Checheniston rahbari vazifasini bajarib turgan. Ma’lumot uchun, Xuchiyev Checheniston hukumatini 2018-yildan beri boshqarib keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2020, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют