» » Vazirlar Mahkamasi kompleksi yig‘ilishida ta’lim muassasalarida o‘qitish sifatini tubdan oshirish masalalari muhokama qilindi

Vazirlar Mahkamasi kompleksi yig‘ilishida ta’lim muassasalarida o‘qitish sifatini tubdan oshirish masalalari muhokama qilindi


Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi sohalarining 2017-yilning birinchi choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiy islohotlarning bajarilishiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Joriy yilning birinchi choragida kompleks bo‘yicha jami 1 trillion 637 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi va xizmatlar ko‘rsatildi. 2016 yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 118 foizni tashkil etdi.

Kompleks sohalarida 30 million 800 ming dollarlik xizmatlar va mahsulotlar eksport qilindi. 59 million 300 ming dollarga teng investitsiyalar jalb qilindi va reja ko‘rsatkichi 175 foizga bajarildi.

Yig‘ilishda umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish sifatini tubdan oshirish, zamonaviy o‘quv rejalari va uslublarini joriy etish, o‘quvchilarga maxsus fanlar, mamlakat va jahon sivilizatsiyasi tarixi, xorijiy tillar hamda zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o‘rgatish, pedagoglar va professor-o‘qituvchilar tarkibini mutaxassislar bilan to‘ldirish, ularning malakasini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini izchil rivojlantirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy hokimiyat organlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarning borishi, kompyuter savodxonligi bo‘yicha xodimlar bilim darajasini oshirish natijalari tahlil etildi.

Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hamda aholi duch kelayotgan byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, ularni axborot bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-04-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют