» » Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan yolg‘on bayonotga ishonmaslikka chaqirdi

Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan yolg‘on bayonotga ishonmaslikka chaqirdi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mamlakat aholisini so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik nomidan tarqatilayotgan yolg‘on bayonotlarga ishonmaslikka chaqirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlikning bayonoti sifatida tarqatilayotgan xabarlarda odamlardan suriyalik migrantlar bilan munosabatda bo‘lmaslik, begona kishilar bilan liftdan foydalanmaslik, o‘zini suv yoki gaz shirkatidan deb tanishtirgan 3—4 kishiga ishonmaslik so‘raladi.

IIVning ma’lum qilishicha, bu kabi xabarlar fuqarolar orasida vahima va davlat organlariga ishonchsizlik uyg‘otish maqsadida o‘ylab topilayotgan bo‘hton hisoblanadi.

“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan bu kabi masalalarga oid xabarlarni tarqatish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, vazirlik o‘zining Youtube, Telegram, Instagram, Facebook, Mover, “VKontakte”, “Odnoklassniki”, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlardagi, shuningdek, vazirlikning tarkibiy yoki hududiy tuzilmalarining rasmiy sahifalari hamda boshqa OAV orqali murojaat qilishini ma’lum qilamiz” — deyiladi vazirlik xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2020, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют