» » Rashidov klubi uchlikka ham kirolmadi. Babayan termaga chaqirmaydigan Sanjar Tursunovdan super gol

Rashidov klubi uchlikka ham kirolmadi. Babayan termaga chaqirmaydigan Sanjar Tursunovdan super gol


Qatar Yulduzlar ligasining 25-tur uchrashuvlari yakunlandi.

Mavsum avvalida chempionlik uchun kurashishi taxmin qilingan Sardor Rashidovning “Al-Jaish” klubiga yil omadsiz keldi. Avvaliga “Bunyodkor”ni mag‘lub eta olmay, Chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqa olmagan Sabri Lyamushi shogirdlari, endi milliy chempionatda ham sovrinsiz qoladigan bo‘ldi.

25-turda Sardor Rashidov ikkinchi bo‘lim boshida maydonga chiqarildi. Biroq bu “Al-Jaish” uchun foydali bo‘lmadi va klub mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa Lyamushi jamoasi kuchli uchlikka ham kira olmaydigan bo‘ldi.

Sanjar Tursunov to‘p suradigan “Al-Haraytiyat” esa 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jamoaning asosiy futbolchilaridan hisoblangan o‘zbekistonlik yigit tomonidan urilgan gol bunda as qotdi.

????? : ??? ????????? ?????? ??? ????? ??? ?????? ??????? ?58 #????_????_??? #?????????_????? pic.twitter.com/CgoGnL47l2

— ???? ????? (@alkasschannel) April 7, 2017

Ma’lumot uchun, Tursunov Qatar chempionatida 12 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur turda, shuningdek, Sanjar Shoahmedov Xavi to‘p suradigan klub darvozasini aniq nishonga olgandi.

Qatar Yulduzlar ligasida mavsum yana 1 ta turdan keyin yakuniga yetadi.

Qatar Yulduzlar ligasi
25-tur
7-aprel, juma

Gollar: Tiberkanine, 47 (0:1). Sanjar Tursunov, 59 (0:2).

Gollar: Otman Alavi, 72 (1:0). Abduqodir Ilyos, 73 (1:1). Almahdi Ali, 90+3 (2:1).

Опубликовано: admin (8-04-2017, 12:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют