» » O‘zbekistonda 2020-yilning dastlabki 10 kuni ichida yuz bergan 107 ta YTHda 35 kishi halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 2020-yilning dastlabki 10 kuni ichida yuz bergan 107 ta YTHda 35 kishi halok bo‘ldi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mamlakatda yuz berayotgan yo‘l-transport hodisalari haqida batafsil ma’lumot berishni boshladi. Dastlabki ma’lumotlar bosh boshqarma matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2020-yilning dastlabki 10 kuni ichida mamlakatda 107 ta YTH yuz bergan, ularning 103 tasi haydovchilarning aybi bilan, 4 tasi esa piyodalarning aybi bilan yuzaga kelgan. Mazkur YTHlarda jabrlanganlar 100 kishini, qurbon bo‘lganlar esa 35 kishini tashkil qilgan.

Mavzuga doir: Namanganda Nexia avtobusga urildi. Nexia yo‘lovchisi halok bo‘ldi, avtobusning 11 yo‘lovchisiga tibbiy yordam ko‘rsatildi 

Eng ko‘p YTH Toshkent viloyatida qayd etilgan bo‘lib, ularning soni 20 tani tashkil qilgan. Undan keyingi qatordan Jizzax, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining har biri 11 tadan YTH bilan joy olgan. Toshkent shahrida mazkur muddat ichida 10 ta YTH yuz bergan. Surxondaryoda 9 ta, Andijonda 7 ta, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida 6 tadan, Navoiy va Samarqandda 3 tadan YTH yuz bergan bo‘lsa, Sirdaryo va Xorazmda 2 tadan YTH qayd etilgan.

Mavzuga doir: Toshkentda mast haydovchi “Jiguli”da 56 yoshli ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi kasalxonada vafot etdi

Yuz bergan 107 ta YTHning dastlabki tahlillari natijalariga ko‘ra, 35 ta yo‘l-transport hodisasi piyodalar yo‘lning qatnov qismini belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan vaqtda yuz bergan. Tezlikni oshirish oqibatida 18 ta YTH yuz bergan bo‘lsa, quvib o‘tish qoidalarining buzilishi va harakatning teskari yo‘nalishiga chiqish oqibatida 14 ta shunday holat yuzaga kelgan. Shuningdek, harakat yo‘nalishini o‘zgartirish oqibatida 7 ta, chorrahani kesib o‘tish qoidalarini buzish va svetoforning taqiqlovchi belgisini mensimaslik oqibatida 6 ta, haydovchilar tomonidan piyodalar o‘tish joylarida yo‘l harakati qoidalarini mensimaslik oqibatida 4 ta, masofani saqlamaslik sababli 1 ta va boshqa sabablar oqibatida 22 ta YTH yuz bergan.

Mavzuga doir: Toshkentda yong‘in bilan tugagan Lacetti va BMW to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

“Gazeta.uz”ning xabar berishicha, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bundan buyon YTHlar haqida batafsil ma’lumotlarni e’lon qilib boradi.

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda 8588 ta YTH qayd etilgan bo‘lib, ularning oqibatida 1915 kishi qurbon bo‘lgan va 6673 kishi turli tan jarohatlari olgan. O‘tgan yilda haydovchilar aybi bilan 7643 ta YTH yuz bergan bo‘lsa, 845 ta YTH piyodalar aybi bilan sodir bo‘lgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2020, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют