» » Namangan viloyati hokimligi 14-yanvar kuni Nexia avtobusga urilishi oqibatida halok bo‘lgan ayolning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi

Namangan viloyati hokimligi 14-yanvar kuni Nexia avtobusga urilishi oqibatida halok bo‘lgan ayolning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi


Namangan viloyati hokimligi 2020-yil 14-yanvar kuni yuz bergan avtohalokat sabab olamdan o‘tgan Manzuraxon Azizovaning oila a’zolari, farzandlari va shogirdlariga hamdardlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 14-yanvar kuni Namangan viloyatida Nexia va Isuzu avtobusi o‘rtasida YTH sodir bo‘lgani va oqibatda bir nafar fuqaroning hayotdan ko‘z yumgani xabar qilingandi.

Hokimlik bergan xabarga ko‘ra, YTH tufayli halok bo‘lgan fuqaroning 2017-yildan beri Uchqo‘rg‘on tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgan Manzura Azizova ekanligi oydinlashdi.

“Chuqur hamdardlik ila Manzuraxon Azizovaning ruhi shod, oxirati obod bo‘lishini Yaratgandan tilaymiz!”, – deyilgan Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati bergan xabarda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2020, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют