» » O‘zbekistonda 2019-yilda berilgan kreditlar hajmi 54 foizga oshdi, muomaladagi naqd pulning ulushi 1 foizga kamaydi

O‘zbekistonda 2019-yilda berilgan kreditlar hajmi 54 foizga oshdi, muomaladagi naqd pulning ulushi 1 foizga kamaydi


O‘zbekistonda 2019-yilda umumiy pul massasi 13,8 foizga, milliy valyutadagi pul massasi esa 14,4 foizga o‘sdi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Qayd etilishichaa, bunda pul massasi tarkibida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi, xususan:

To‘lov tizimi va hisob-kitoblar infratuzilmasining rivojlanishi, shuningdek, milliy valyutaga va umuman bank tizimiga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanib borishi muomaladagi naqd pullar dinamikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada 2019-yil davomida naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 27,6 foizdan 26,6 foizgacha pasaydi.

2019-yilda iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalari hajmi qayta ko‘rib chiqilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha 54,7 foizga o‘sdi. Xususan, milliy valyutadagi kreditlar 48,7 foizga (shu jumladan, aholiga ajratilgan kreditlar 63,5 foizga) hamda xorijiy valyutadagi kreditlar 62,6 foizga o‘sdi.

Prognoz baholarga ko‘ra, 2020-yilda kredit qo‘yilmalarining o‘sish sur’ati nominal YaIM o‘sish sur’atlariga mos keladigan fundamental trendiga yoki muvozanatli o‘sishiga qaytadi va 20-25 foiz atrofida bo‘ladi.

Ilgari ajratilgan kreditlar qaytarilishi hisobiga yangidan beriladigan kreditlarni yanada samaraliroq loyihalarga yo‘naltirish orqali 2020-yilda kredit qo‘yilmalari prognoz doirasida o‘sishi ta’minlanadi. Bu ortiqcha talab paydo bo‘lishining oldini olish orqali iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda narxlar o‘sishini pasaytiruvchi va to‘lov balansini yaxshilovchi omil sifatida xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2020, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют