» » Astana Motors 2019-yilda O‘zbekistonga qancha Hyundai avtobillarini sotgani ma’lum qilindi

Astana Motors 2019-yilda O‘zbekistonga qancha Hyundai avtobillarini sotgani ma’lum qilindi


Qozog‘istonning Astana Motors kompaniyasi 2019-yilda O‘zbekistonga 224 dona Hyundai avtomobilini sotgan. Bu haqda kompaniya rahbari Nurlan Smagulovga tayanib, Forbes xabar berdi.

U hozirda savdolar hajmi u qadar yirik emasligini tan olib, bozorning istiqbolli ekanligini ta’kidlagan.

“O‘zbekiston hukumati bozorni ochish kerakligini, sog‘lom raqobat zarurligini tushunib turibdi. Iste’molchilar boshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsulotini ham ko‘rishni istaydi”, — deydi biznesmen.

Smagulovning so‘zlariga ko‘ra O‘zbekistondagi ikkita savdo nuqtasiga Toshkentdan yana ikkita avtomarkaz qo‘shish va Buxoro hamda Samarqandda hamkorlarni jalb etish ko‘zda tutilgan.

Astana Motors O‘zbekistonda Hyundai yengil avtomobillarini sotishni rejalashtirayotgani haqida 2018-yilning yozida xabar berilgandi. O‘sha vaqtda Astana Motors bir necha yillardan buyon O‘zbekiston eksport uchun chegaralarni ochishini “diqqat bilan kutgani” ma’lum bo‘lgandi.

2019-yilning yanvarida Toshkentda Hyundai Auto Asia dilerlik avtomarkazi ochilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2020, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют