» » Vitaliy Denisov Rossiyaning quyi liga klubiga o‘tdi

Vitaliy Denisov Rossiyaning quyi liga klubiga o‘tdi


“Lokomotiv Moskva” va “Rubin” klublari sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov faoliyatini “Rotor”da davom ettiradi.

32 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi volgogradliklar bilan shartnoma imzolagan. Denisov yangi jamoasida 29-raqam ostida to‘p suradi.

Buyuk tarixga ega klub safiga qo‘shilganimdan xursandman. Jamoada natija qo‘lga kiritishga xohish bor va bu istak menda ham mavjud.

Yangi stadion sabab shaharda haqiqiy futbol atmosferasi hukm suradi. Har doim biror nimani isbotlash va o‘zingni ko‘rsatish uchun sabab topiladi.

Vitaliy Denisov, futbolchi

Denisovning so‘nggi jamoasi Qozonning “Rubin” klubi bo‘lib, Vitaliy joriy  mavsum u yerda 8 o‘yin o‘tkazdi.

“Rotor” Rossiyaning ikkinchi divizionida harakat qiladi. Klub 25-turdan so‘ng musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2020, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют