» » Namanganda yuz bergan Nexia va avtobus to‘qnashuvida viloyat hokimining sobiq o‘rinbosari halok bo‘lgan

Namanganda yuz bergan Nexia va avtobus to‘qnashuvida viloyat hokimining sobiq o‘rinbosari halok bo‘lgan


Namanganda 2020-yil 14-yanvar kuni yuz bergan avariyada viloyat hokimining sobiq o‘rinbosari Manzuraxon Azizova halok bo‘lgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Shu kuni soat 08:20 atrofida “Namangan—Uchqo‘rg‘on” avtomobil yo‘lining 22-kilometrida, Uychi tumanidagi Olmurud mahallasi hududida Nexia rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan haydovchi quvib o‘tish qoidasini qo‘pol ravishda buzib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan. Uychi tuman IIB yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori Adhamjon Burhanov ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.

Buning oqibatida Nexia avtomobili 30 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan, Uchqo‘rg‘on—Namangan yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Isuzu avtobusi bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida Nexia salonida bo‘lgan Manzuraxon Azizova voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Shuningdek, Nexia haydovchisi hamda ikki nafar yo‘lovchi olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Isuzu avtobusining 11 nafar yo‘lovchisiga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga javob berilgan. Mazkur holat yuzasidan tezkor-tergov ishlari olib borilmoqda.

Manzuraxon Azizova 2009—2015-yillarda Namangan viloyat hokimining o‘rinbosari — Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2017-yildan Uchqo‘rg‘on tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

“Manzuraxon Azizova bu yil 60 yoshni qarshilagan edi. U mohir shifokor, tajribali rahbar sifatida yuzlab shogirdlarni tarbiyaladi. Ishlaganda ham bor salohiyatini safarbar etib, o‘ta fidoyilik bilan ishlay oldi. Odamlarga ochiq yuz va xushmuomalada bo‘ldi.

Viloyat hokimligi Manzuraxon Azizova oila a’zolari, farzandlari, shogirdlari, butun Namangan xalqiga hamdardlik bildiradi”, — deyiladi Namangan viloyati hokimligi saytida joylashtirilgan ta’ziyada.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2020, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют