» » O‘zbekistonlik futbolchi qizlar hindistonlik qizlar darvozasiga 7 ta gol urdi

O‘zbekistonlik futbolchi qizlar hindistonlik qizlar darvozasiga 7 ta gol urdi


2018-yil bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatining saralash o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ketma-ket ikkinchi o‘yinda zafar quchdi.

Birinchi uchrashuvda Gonkong ustidan 2:1 hisobida g‘olib chiqqan o‘zbekistonlik nozik jins vakillari, 2-turda Hindistonni 7:1 hisobida taslim qildi. O‘FF matbuot xizmatining xabar berishicha, Lyudmila Karachik hamda Mahliyo Sarikova dubl qayd etgan. Umida Zoirova, Lianna Norbekova va Feruza Turdiboyeva 1 tadan gol urishga erishgan. Hind qizlaridan Bala Devi o‘zbekistonliklar darvozasiga gol urishni uddalagan.

Saralash o‘yinlariga KXDR mezbonlik qilmoqda. Oldinda ikki favorit termalar — Shimoliy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlar bor.

OCh—2018. Saralash
“B” guruhi. 2-tur
7-aprel, juma

Gollar: Lyudmila Karachik (2 ta). Mahliyo Sarikova (2 ta). Umida Zoirova, Lianna Norbekova, Feruza Turdiboyeva.

Опубликовано: admin (8-04-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют