» » Chirchiqda kaliti o‘t oldirish joyida qoldirilgan Cobalt olib qochildi 

Chirchiqda kaliti o‘t oldirish joyida qoldirilgan Cobalt olib qochildi 


Chirchiqda o‘t oldirish joyida qoldirilgan kalit avtomashinaning olib qochilishiga sabab bo‘ldi, deb xabar berdi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

12-yanvar kuni taxminan soat 05:30 larda noma’lum shaxs Chirchiq qurilish texnikasi zavodining avtoturargohida 30 yoshli Z.A. tomonidan qarovsiz qoldirilgan Cobalt rusumli avtomashinaning signalizatsiyasi yo‘qligi va o‘t oldirish joyida kalit qoldirilganligidan foydalanib, orqa yon oynasini sindirib, avtomashinani noma’lum tomonga olib qochgan.

Holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida olib qochilgan avtomashina oynalari sindirilgan holatda Bo‘stonliq tumanidagi Tantana ko‘chasidan topilgan. Shuningdek, ushbu jinoyatni Sirdaryo viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi vaqtinchalik Chirchiq shahrida yashab kelayotgan 37 yoshli E.X. sodir qilganligi aniqlanib, protsessual tartibda gumon qilinuvchi tariqasida ushlangan.

Hozirda E.X.ga nisbatan ayblov e’lon qilish va ehtiyot chora tanlash choralari ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2020, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют