» » “Paxtakor” Shveysariya terma jamoasi sobiq hujumchisi Eren Derdiyokni o‘z safiga qo‘shib oldi. U klubda 2-2,5 mln yevro atrofida maosh oladi

“Paxtakor” Shveysariya terma jamoasi sobiq hujumchisi Eren Derdiyokni o‘z safiga qo‘shib oldi. U klubda 2-2,5 mln yevro atrofida maosh oladi


Toshkentning “Paxtakor” klubi Shveysariya terma jamoasi sobiq hujumchisi Eren Derdiyok bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Hurriyet nashri xabar berdi.

31 yoshli Derdiyok hozirga qadar Turkiyaning “Go‘ztepa” klubida to‘p surib kelayotgan edi. Futbolchi toshkentliklarning Abu Dabidagi yig‘inlariga borib qo‘shilishga ulgurgan.

Ushbu transferda “Paxtakor” bosh murabbiyi asosiy rolni o‘ynagani aytilmoqda. Boisi Shota Arveladze 2014—2015-yillarda Eren Derdiyok bilan “Qosimposho” klubida birga faoliyat olib borgan. Futbolchining transfer summasi oshkor qilinmagan. Jurnalist Shahboz Beg‘amovning yozishicha, Derdiyok “Paxtakor”da yiliga 2-2,5 million yevro atrofida maosh oladi.

Derdiyok — 1988-yil 12-iyunda tavallud topgan. Faoliyati davomida “Old Boyz”, “Bazel”, “Bayer Leverkuzen”, “Hoffenhaym”, “Qosimposho”, “Galatasaroy” kabi klublarda to‘p surgan. U joriy mavsum Turkiya Superligasi doirasida 5 ta o‘yin o‘tkazib, birorta samarali hakaratni amalga oshirmadi.

Shveysariya terma jamoasi safida esa 2008—2017-yillarda faoliyat olib borib, 60 ta o‘yinda maydonga tushgan va 11 ta gol muallifiga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Emmanuel Adebayor va Mario Gomes kabi hujumchilarning “Paxtakor”da paydo bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz,  @Daryo_sport hamda @Ufcboxuz kanallariga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2020, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют