» » Dehqonobodda qo‘shnisining qariyb 60 mln so‘m va 1120 dollarini o‘g‘irlaganlar qo‘lga olindi

Dehqonobodda qo‘shnisining qariyb 60 mln so‘m va 1120 dollarini o‘g‘irlaganlar qo‘lga olindi


Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida qo‘shnisining qariyb 60 million so‘m va 1120 AQSh dollari miqdoridagi pulini o‘g‘irlagan jinoyatchilar qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Aytilishicha, 17-yanvar, juma kuni Dehqonobod tumanidagi “Paxtachi” mahallasi O‘zbekiston ko‘chasi 128-uyda yashovchi fuqaro Isajon Norqobilov tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, joriy yil 14-yanvardan 15-yanvarga o‘tar kechasi uyidan 1120 AQSh dollari, ancha miqdordagi puli hamda yashash uyining kadastr hujjatlari yo‘qolganini ma’lum qilgan.

Mazkur jinoyat yuzasidan olib borilgan surishtiruvlar davomida o‘g‘rilikni jabrlanuvchi bilan bir mahallada yashovchi vaqtincha ishsiz fuqaro F.Q. sherigi T.N. bilan sodir etgani ma’lum bo‘lgan. O‘g‘rilardan 58 million 770 ming so‘m pul va 1110 AQSh dollari ashyoviy-dalil sifatida olingan.

Sodir etilgan ushbu o‘g‘irlik yuzasidan Dehqonobod tumanida Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik S.Turdiyev boshchiligidagi ishchi guruh, tuman IIB, prokuratura, mahalla faollari, jabrlanuvchi va jinoyatchilar hamda ularning ota-onalari ishtirokida mazkur jinoyat ishi muhokama etilgan. Hali o‘ttiz yoshga ham to‘lmagan bu jinoyatchilarning qilmishi o‘rganilgan. Viloyat IIB rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tgan muhokamada jinoyat ishtirokchisi F.Q.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2020, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют