» » Chempionlar ligasini 3 ta mag‘lubiyat bilan boshlagan “Bunyodkor” klubi Eronga uchib ketdi

Chempionlar ligasini 3 ta mag‘lubiyat bilan boshlagan “Bunyodkor” klubi Eronga uchib ketdi


Toshkentning “Bunyodkor” klubi “Zob Ohan” bilan o‘yin uchun Eronga jo‘nab ketdi.

Osiyo Chempionlar ligasining 4-turida “qaldirg‘ochlar” Eronning “Zob Ohan” klubiga qarshi maydonga tushadi. Tomonlarning Toshkentdagi o‘yinida forslar 2:0 hisobida zafar quchgandi.

3-turdan keyin Sergey Lushchan jamoasi birorta ham ochko jamg‘ara olmagan. Hisobida 4 ochkosi bor Eron klubi esa guruhda 3-o‘rinni egallab turibdi.

“Zob Ohan” — “Bunyodkor” o‘yini 11-aprel — seshanba kuni Toshkent vaqti bilan 20:30 da start oladi. Mazkur o‘yinda ishtirok etish uchun “Bunyodkor” futbolchilari Toshkent-Istanbul-Isfaxon yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lga chiqqan.

Опубликовано: admin (8-04-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют