» » Xitoyda noma’lum virus sababli 2 kishi vafot etdi

Xitoyda noma’lum virus sababli 2 kishi vafot etdi


Xitoyning Uxan shahrida koronaviruslar oilasiga mansub noma’lum virus sababli ikkinchi kishi vafot etdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Xabar berilishicha, 15-yanvar kuni 69 yoshli erkak pnevmoniyadan vafot etgan. Erkak bundan bir necha kun oldin buyrak ishining buzilishi va boshqa a’zolarning jiddiy shikastlanishi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

11-yanvar kuni mazkur kasallikning birinchi qurboni qayd etilgan, 61 yoshli erkak vafot etgan.

Mavzuga doir: Xitoyda tarqalgan noma’lum virus O‘zbekistonga xavf solmaydimi?

Noma’lum virus sababli tarqalgan pnevmoniya to‘lqini dekabr oyining oxirida Uxan shahrida yuzaga kelgan. Shu kunga qadar virus bilan zaralanish bo‘yicha 41 ta holat qayd etilgan.

Mavzuga doir: Xitoyda qariyb 60 kishi pnevmoniyaning noma’lum turi bilan kasallandi

Yanvar oyining o‘rtasida Tailand va Yaponiyada mazkur virusdan zararlanish bo‘yicha dastlabki holatlar qayd etilgan. Ikki holatda ham kasallanganlar yaqinda Uxan shahrida bo‘lgan xitoyliklar hisoblanadi.

“Kommersant”ning yozishicha, ayni paytda 12 kishiga kasalxonadan uyiga javob berilgan, besh kishi og‘ir ahvolda qolmoqda. Qolganlarning holati barqaror deb baholanmoqda. Bemorlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan yana 119 kishi shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

Avvalroq, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Xitoyga bormoqchi bo‘lgan fuqarolarni mazkur kasallik xavfidan ogohlantirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2020, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют