» » Chiroqchida ommaviy namoyish keltirib chiqarganlarga jinoyat ishi ochildi, YPX xodimi ustidan xizmat tekshiruvi davom etmoqda

Chiroqchida ommaviy namoyish keltirib chiqarganlarga jinoyat ishi ochildi, YPX xodimi ustidan xizmat tekshiruvi davom etmoqda


Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi olomon qurshovida qolib ketgani aks etgan videoyozuv tarqaldi. Videoxabarda voqea Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida bo‘lgani, YPX xodimi mast ekani, odamlar uning jazolanishini talab qilayotgani bildirilgan. IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, YPX inspektoriga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlangan.

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan “2020-yil 11-yanvar kuni Sh.Nurimov va boshqalarning harakatlarida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish orqali ommaviy tartibsizliklar tashkil qilish va faol qatnashish, g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilish kabi ijtimoiy xavfli qilmishlar alomatlari mavjudligi sababli mazkur holat yuzasidan” 17-yanvar kuni Jinoyat kodeksining 139-moddasi (“Tuhmat”) 3-qismi “g” bandi va 277-moddasi (“Bezorilik”) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPX katta inspektori, katta serjant N.Yarmatovga nisbatan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPXB 2-YPX otryadi 2-safarbarlik guruhi YPX katta inspektori katta serjant N.Yarmatov “Mikrokreditbank” binosi ro‘parasida o‘rnatilgan 3.27 (“To‘xtash taqiqlangan”) yo‘l belgisiga amal qilmay to‘xtab turgan Labo haydovchisi Sh.Nurimovga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzib (haydovchining oldida hujjatlari bo‘lmagan), mashinani jarima maydonchasiga joylashtirishga qaror qilgan. Katta serjant Yarmatov qoidabuzar haydovchining Labo’sini jarima maydonchasiga olib ketish oldidan o‘zining 878 raqamli Spark’ini, majburiy to‘xtash chiroqlarini yoqib, “Mikrokreditbank” ro‘parasidagi 3.27 yo‘l belgisining ta’sir doirasida qoldirib ketgan. U jarima maydonchasidan qaytib kelgach, Labo’ning egasi YPX inspektoridan o‘ziga o‘zi ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishni talab qilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2020, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют