» » DXX “Temurbeklar maktabi” uchun o‘qituvchilarni ishga taklif qilmoqda

DXX “Temurbeklar maktabi” uchun o‘qituvchilarni ishga taklif qilmoqda


O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Qibray tumanidagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif qilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Davlat xavfsizlik xizmati tasarrufida Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi tashkil etilmoqda.

DXX tomonidan berilgan e’longa ko‘ra mazkur litseyga bilimi yuqori darajada bo‘lgan, intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ishga taklif qilinmoqda.

“Temurbeklar maktabi”ning o‘qituvchilari va boshqa xodimlariga tegishli lavozimlar uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tizimi tatbiq etiladi. “Temurbeklar maktabi” ishchi va xizmatchilari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari:

“Temurbeklar maktabi”da ishlash uchun quyidagi fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar ishga taklif etiladi:

Qayd etilishicha, “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qituvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.

“Temurbeklar maktabi”ning manzili: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Geofizika shaharchasi (Qibray qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘rnida).

Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida ishlashni xohlovchi o‘qituvchilar 2020-yilning 10-fevraliga qadar DXX Institutiga (Toshkent shahar, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi, 20-uy) yoki +998712529230 telefoniga murojaat qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2020, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют