» » O‘zbekistonda haydovchilarning majburiy malaka oshirishini bekor qilish tavsiya etildi

O‘zbekistonda haydovchilarning majburiy malaka oshirishini bekor qilish tavsiya etildi


Savdo-sanoat palatasi yuridik shaxslar haydovchilarining majburiy malaka oshirishdan o‘tishi to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjat loyihasini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazdi.

Qayd etilishicha, IIV tomonidan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazilib, u bo‘yicha jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

Xususan, loyihaning 1-bandiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandiga o‘zgartirish kiritish hamda unda yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilari, shu jumladan, yo‘lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilarning ikki yilda bir marta malaka oshirishdan o‘tishi shartligini belgilash nazarda tutilgan (xususan, amaldagi tahrirda ham yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan shaxslarning ikki yilda bir marta malaka oshirishi shartligi belgilangan).

“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunda esa faqat faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik shaxslarning yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari vaqti-vaqti bilan 3 yilda kamida 1 marta o‘z malakasini oshirib, malaka imtihoni topshirishi kerakligi belgilangan.

Ya’ni ushbu qonunda boshqa haydovchilar yoki yuridik shaxslar xodimlarining ma’lum bir vaqtda malaka oshirishlari lozimligi nazarda tutilmagan.

Shuningdek, yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilari, shu jumladan, yo‘lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilarning malaka oshirishi lozimligini belgilash ortiqcha talabdir. Ya’ni amaliyotda haydovchilar mazkur faoliyat bilan uzluksiz shug‘ullanishlari va bunday malaka oshirishga zarurat bo‘lmasligi mumkin.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda haydovchilarning har ikki yilda bir marta qayta tayyorgarlikdan o‘tishlari va malaka oshirishlari bilan bog‘liq normalarni chiqarib tashlash tavsiya etiladi”, — deyilgan SSP axborot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil sentabrdan majburiy ravishda haydovchilarning malakasini oshirish jarayoni joriy etila boshlagan (VMning 4.09.2017 yildagi 693-son qaroriga qarang). So‘ng u tatbiq etiladigan shaxslar ro‘yxati va haydovchilarning malakasini oshirish huquqi berilgan subyektlar doirasi o‘zgargan edi.

Haydovchilarning yonida malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risida sertifikat bo‘lishi va IIB xodimlari tekshirgan paytda uni taqdim etish majburiyati Yo‘l harakati qoidalarida mustahkamlanganiga qaramay, u yonida bo‘lmagani uchun javobgarlik belgilanmagan edi.

MJTKning 135-moddasiga kiritilgan tuzatish sababli vaziyat o‘zgarib, malakasini oshirmagan haydovchilarga jarima solish belgilangan edi.

2019-yilning 30-dekabrida muhokamaga qo‘yilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida haydovchilarning malakasini oshirish tartibiga o‘zgartirish kiritish taklif qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2020, 11:57)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют