» » Chirchiqda omborxonadan saqich, tamaki va qariyb 4 mln so‘m o‘g‘irlagan fuqaro qo‘lga olindi

Chirchiqda omborxonadan saqich, tamaki va qariyb 4 mln so‘m o‘g‘irlagan fuqaro qo‘lga olindi


Toshkent viloyati Chirchiq shahrida kechasi omboxonalardan biriga o‘g‘irlikka tushib, qariyb 4 million so‘mni olib qochgan fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar beradi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

2019-yil 30-dekabrdan 31-dekabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Chirchiq shahar Kamolot ko‘chasida joylashgan 56 yoshli X.N. uyining omboriga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 705 800 so‘mlik salqin ichimliklar, saqich, tamaki va kofe mahsulotlari hamda 3 850 000 so‘m naqd pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (Uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 32 yoshli K.J. sodir etganligi aniqlanib, shaxsiy tintuv jarayonida undan 30 dona kofe, 1 blok saqich va 2 quti tamaki mahsulotlari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tergov harakatlari jarayonida aniqlanishicha, K.J. yuqoridagi jinoyatidan tashqari 2020-yil 3-yanvar kuni Chirchiq shahar Bo‘zsuv ko‘chasidagi uy oldida qarovsiz qoldirilgan Matiz rusumli avtomashina oynasini sindirib, salondan 27 000 so‘m pulni yashirin ravishda o‘g‘irlagan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan K.J.ga nisbatan 2020-yil 10-yanvar kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilinib qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari tamomlanib, ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovlikda ko‘rish uchun yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2020, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют