» » Qotillikda ayblangan amerikalik qatl etilishidan bir necha soat oldin afv etildi

Qotillikda ayblangan amerikalik qatl etilishidan bir necha soat oldin afv etildi


AQSh Jorjiya shtatining afv etish va muddatidan avval shartli ozod qilish kengashi 16-yanvar kuni qotillikda ayblangan Jimmi Fletcher Medersni avf etdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Afv etish bo‘yicha kengash saytida ma’lum qilinishicha, Medersning o‘lim jazosi muddatidan avval shartli ozod qilish huquqisiz umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirilgan.

Xabarda aytilishicha, Medersni qatl etish 16-yanvar kechasiga belgilangan bo‘lib, u jazosini ijro etishdan necha soat avval avf etilgan. U 1987-yilda talonchilik sodir etgan vaqtda kun-u tun ishlaydigan do‘kon ishchisi Don Andersonni o‘ldirgani uchun 1989-yil ayblangan.

Afv etish bo‘yicha kengash jazoni yengilrog‘iga almashtirishga qaror qilgan, chunki ishni ko‘rib chiqish vaqtida sudlov hay’ati unga umrbod ozodlikdan muhrum qilish jazosini tayinlashni yoqlab chiqqan. Ammo o‘sha vaqtlardagi mahalliy qonunchilikka ko‘ra bunday qilish mumkin bo‘lmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2020, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют