» » Olimpiada chempionligidan mahrum etilgan Artur Taymazov muxlislari uchun izoh berdi

Olimpiada chempionligidan mahrum etilgan Artur Taymazov muxlislari uchun izoh berdi


Xalqaro olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston safida uch marta Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritgan Artur Taymazovni Pekin—2008 chempionligidan mahrum qilgandi.

Bunga javoban Artur Taymazov Facebook tarmog‘ida o‘z muxlislari uchun post qoldirdi, deb yozdi “Olamsport” nashri.

Bolaligimdan Olimpiada chempioni bo‘lishni orzu qilardim. Buning uchun umrimni bag‘ishladim, sog‘lig‘imni gilamga tikdim.

Men medallarimni doim halol kurash orqali yutib olganman. Ta’qiqlangan moddalarni hech qachon iste’mol qilmaganman. 16 yil davomida juda ko‘p marta doping-proba topshirdim va ulardan hech biri ijobiy natija bermagan. Chunki sen chempion bo‘lib, o‘z yurtingni zarhal harflar bilan tarixga yozib qo‘yar ekansan, barchaning e’tiborida ekaningni his qilasan. Xato qilishga, nojo‘ya harakatlarga xaqqing yo‘q bo‘ladi.

Oilam, yaqinlarim menga doim kuch berib turgan va bu menga olg‘a intilishda yordam bergan. Uchinchi oltin medalimni qo‘lga kiritishda butun Osetiya ham duoda bo‘lgan. Shuning uchun ham muvaffaqiyatga erisha olganman.

Men o‘zim uchun, menga ishonganlar uchun, mehnatimni qadrlaganlar uchun Olimpiadaning uch karra chempioni bo‘lib qolaveraman. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi qaroriga esa e’tiroz bildiraman.

Artur Taymazov, uch karra Olimpiada chempioni

Опубликовано: admin (8-04-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 35) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют