» » Bundesliga. 8 ta gol urilgan o‘yinda “Borussiya D” g‘alaba qozondi, 19 yoshli Holand 20 daqiqa ichida het-trik qayd etdi (video)

Bundesliga. 8 ta gol urilgan o‘yinda “Borussiya D” g‘alaba qozondi, 19 yoshli Holand 20 daqiqa ichida het-trik qayd etdi (video)


Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 18-turi doirasida 18-yanvar, shanba kuni 5 ta bahs o‘z nihoyasiga yetdi.

Lyusyen Favr qo‘l ostidagi Dortmundning “Borussiya” klubi mehmonda “Augsburg”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuv davomida mezbon jamoa vakillari Florian Niderlexner (34, 55) hamda Marko Rixter (46) Roman Byurki qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, “arilar”ning gollariga Yulian Brandt (49), Jeydon Sancho (61) va Erling Holand (59, 70, 79) mualliflik qildi.

Shu tariqa Dortmund klubi safarda kechgan bahsda “Augsburg”ni 5:3 hisobida mag‘lub etdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Qayd etish joiz, “Borussiya Dortmund” mazkur g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 33 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. “Augsburg” esa 23 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi.

Bundesliga

18-tur bahslari

18-yanvar, shanba

Gollar: 0:1 — 18 Dost, 1:1 — 48 Stafilidis, 1:2 — 62 Chendler

Gol: 0:1 — 66, avtogol Kastenmayer

Gollar: 0:1 — 28 Kvon Chxan Xun, 0:2 — 41 Petersen, 1:2 — 82 Mateta

Gollar: 1:0 — 34 Niderlexner, 2:0 — 45 Rixter, 2:1 — 49 Brandt, 3:1 — 55 Niderlexner, 3:2 — 59 Holand, 3:3 — 61 Sancho, 3:4 — Holand, 3:5 — 79 Holand

Gollar: 1:0 — 22 Kordoba, 2:0 — 45 Kordoba, 3:0 — 62 Xektor, 3:1 — 66 Shteffen

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2020, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют