» » Polsha g‘arbida toshdan qurilgan uy quladi. Qurbonlar bor

Polsha g‘arbida toshdan qurilgan uy quladi. Qurbonlar bor


Polsha g‘arbidagi Svebodzitse shahrida toshdan qurilgan uy vayron bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Mahalliy politsiya matbuot kotibi Gjegoj Oleshovichning ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi jarohat olgan. Binoda 17 kishi yashashi aytilmoqda.

Bino vayronalari ostida qolgan bo‘lishi mumkin insonlarni qidirish ishlari davom etmoqda. Hodisa joyida 140 ga yaqin qutqaruvchi ishlamoqda. Ikki kishi vayronalar ostidan qutqarib olingani haqida xabarlar bor.

Taxminlarga ko‘ra, binoning vayron bo‘lishiga maishiy gazning portlashi sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida binoning 80 foizi buzilib ketgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-04-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют