» » OCh—2020. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAA bilan o‘ynaydi

OCh—2020. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAA bilan o‘ynaydi


Tailand mezbonlik qilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati—2020 musobaqasining chorak final bahslari 19-yanvar, yakshanba kuni davom ettiriladi.

Lyubinko Drulovich qo‘l ostidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yarim final uchun bahsda Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi o‘ynaydi. Mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan 18:15 da start oladi.

Shuningdek, bugun Janubiy Koreya olimpiyachilari Iordaniya bilan bahs yuritadi.

18-yanvar, shanba kuni dastlabchi chorak final bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda Saudiya Arabistoni va Avstraliya olimpiya terma jamoalari yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

BAA — O‘zbekiston uchrashuvi g‘olibi yarim finalda Saudiya Arabistoni bilan o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqada dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

U23 OCh—2020

Chorak final bahslari

19-yanvar, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2020, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют