» » “PSJ” Fransiya kubogida zafar quchib, mukofot pulini mag‘lub jamoa hisobiga o‘tkazib berdi

“PSJ” Fransiya kubogida zafar quchib, mukofot pulini mag‘lub jamoa hisobiga o‘tkazib berdi


Fransiyaning “PSJ” klubi mamlakat kubogining chorak finaliga yo‘llanma oldi. Unai Emeri boshchilik qilayotgan jamoa bu yo‘lda uchinchi divizion klubi hisoblangan “Avransh” ustidan 4:0 hisobida zafar quchdi.

Fransiya nashrlarining ma’lumot berishicha, parijliklar chorak final yo‘llanmasi uchun qo‘lga kiritilgan 200 ming yevro mukofot pulini mag‘lub bo‘lgan jamoa hisob raqamiga o‘tkazib bergan.

Biz ularning bunday sahiyligidan minnatdormiz. “PSJ” o‘zi erishgan yutuqlariga munosib jamoa.

“Avransh” klubi prezidenti

200 ming dollar uchinchi liga klubi harajatlari uchun ayni muddaodir. Arab shayxi homiylik qiladigan “PSJ” safida esa bu pul qaysidir futbolchining bir oylik maoshini ham tashkil qilmasligi mumkin.

Ma’lumot uchun, “PSJ” Fransiya Liga kubogida zafar quchish uchun hal qiluvchi o‘yinda “Monako”ni 4:1 hisobida taslim qilgandi. Fransiya kubogining yarim finalida Emeri shogirdlari “Anje” bilan to‘qnash keladi.

Опубликовано: admin (8-04-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют