» » Putin g‘alabaning 75-yilligi munosabati bilan urush qatnashchilariga 75 ming rubldan mukofot beradi

Putin g‘alabaning 75-yilligi munosabati bilan urush qatnashchilariga 75 ming rubldan mukofot beradi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilarini qanday taqdirlashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

“Odatda g‘alaba kuni munosabati bilan urush qatnashchilariga o‘n ming rubl, front orti mehnatkashlariga besh ming rubldan bir martalik mukofot puli berilar edi. Lekin bu safar mukofot puli miqdori g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan bog‘liq bo‘ladi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 75 ming rubl (1217 dollar) va fron orti mehnatkashlariga 50 ming rubl (812) dan mukofot puli beriladi”, — dedi Putin Peterburg shahridagi jamoat vatanparvar tashkilotlari vakillari va urush faxriylari bilan uchrashuvda.

Putinning qo‘shimcha qilishicha, u qarorni oqilona deb hisoblaydi va butun mamlakat bo‘ylab bayramga tayyorgarlik ko‘rayotganda faxriylarni qo‘llab-quvvatlash uchun bir qator tadbirlar o‘tkazilishiga umid bildirdi. Bundan tashqari, davlat rahbari ko‘ngillilarning yordamiga tayanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2020, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют