» » Toshkentda Spark haydovchisi ikki nafar YPX inspektorini urib yubordi

Toshkentda Spark haydovchisi ikki nafar YPX inspektorini urib yubordi


Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joriy yil 18-yanvar kuni soat 11:25 atrofida TXAY — Do‘rmon yo‘li ko‘chalari chorrahasida haydovchi, 1993-yilda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati, Termiz tumanida ro‘yxatda turuvchi D.Sh. Spark rusumli avtomobilni xavfsizlik kamarini taqmasdan boshqarib ketayotganligi sababli shu yerda xizmat olib borayotgan YPXB inspektori B.Sultonov haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan. Bu haqda xabar bermoqda. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Haydovchi xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan. Keyingi Ziyolilar—Temur Malik ko‘chalari chorrahasida uni to‘xtatish maqsadida oldiga chiqqan YPXB inspektori O‘.Qo‘chqorovning ham qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, avtomobilning o‘ng oldi tomoni bilan inspektorni urib yuborib, voqea joyidan yashiringan. Natijada O‘.Qo‘chqorovga olgan tan jarohati tufayli IIV Markaziy gospitaliga yotqizilgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida haydovchi D.Sh. ushlangan.

Haydovchining hujjatlari tekshirilganda transport vositasini ishonch qog‘ozi asosida, qayd etish guvohnomasisiz (texpasport) boshqargani aniqlangan.

Hozirda prokuratura idoralari tomonidan tergovoldi tekshiruv-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2020, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют