» » Livan janubidagi falastinlik qochoqlar lagerida otishma kelib chiqdi

Livan janubidagi falastinlik qochoqlar lagerida otishma kelib chiqdi


Livan poytaxti Bayrutdan 40 kilometr masofada joylashgan Ayn al-Hilva falastinlik qochoqlar lagerida Falastinning FATH harakati jangchilari va diniy aqidaparastlar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi.

“TASS” axborotiga ko‘ra, otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, 14 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Otishmalar boshlaishi bilan odamlar hududni tark eta boshlagan, maktab va savdo qatorlari yopilgan.

Al Mayadeen telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar Falastin xavfsizlik kuchlari At-Tayriy mavzesi ustidan nazorat o‘rnatishga uringan vaqtda yuzaga kelgan.

Xabar berishlaricha, bu mavzeda Livan hukumati tomonidan qidirilayotgan terrorchi Bilol Badr yashirinmoqda.

Umuman olganda, Livan ma’muriyati Ayn al-Hilvada yashirinayotgani taxmin qilinayotgan 128 nafar aqidaparastni qo‘lga olishga urinmoqda. Ularning aksariyati IShIDga aloqador, deb gumon qilinmoqda.

Falastinliklarning Livan hududidagi eng katta lagerida 100 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Livanda jami 12 ta qochoqlar lageri bo‘lib, ularda yashayotgan odamlar soni taxminan 450 mingga teng, deb baholanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-04-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют