» » OCh—2020. O‘zbekiston — BAA 2:1. Matnli onlayn

OCh—2020. O‘zbekiston — BAA 2:1. Matnli onlayn


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 19-yanvar, yakshanba kuni 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida 2020-yilgi Osiyo chempionati chorak finalida BAA termasiga qarshi bahs olib boradi.

“Daryo” esa mazkur bellashuvdan matnli onlayn translyatsiyani amalga oshiradi. Uchrashuv 18:15 da boshlanadi.

Sahifani yangilash

Assalomu alaykum, aziz futbol ixlosmandlari. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yarim final yo‘llanmasi uchun BAAga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bellashuvni mazkur sahifada matnli onlayn tarzida kuzatishingiz mumkin.

1'. Uchrashuv boshlandi!

1. Amirliklar o‘yinni boshlab berdi va oldinga o‘tdi. Amroning zarbasini darvozabonimiz egallab oldi

2. Vuuuuh! Amirliklar hujumchisi darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Baxtimizga Ne’matov zarbani qaytara oldi

3. Zarbaaa! Qanotdan uzatilgan to‘pga Abduholiqov boshi bilan zarba berdi, uni darvozabon maydon tashqarisiga chiqarib yubordi

7. G‘aniyev raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi, biroq uning zarbasini darvozabon qaytarishga erishdi

11. Uchrashuvda to‘xtalish yuzaga keldi, BAA futbolchisiga tibbiy yordam ko‘rsatildi

13. Gol! Abdulla al-Amiri hisobni ochdi. Amiri bir nechta himoyachilarimizni aldab o‘tib, darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi

16. GOOOOOL! Ilhom Alijonov uzoq masofadan ajoyib zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi

Hakam VARga murojaat qilmoqda, bizning foydamizga penalti belgilanishi mumkin

26. GOOOOOOOOOOOOOOL! Islom Qobilov 11 metrlik jarima zarbasini aniq bajarib, jamoamizni oldinga olib chiqdi. Bu Islomning musobaqadagi 3-goli!

29. Xavfli vaziyat! Abduholiqov jarima maydoniga yorib kirdi, uning zarbasini darvozabon ikki urinishda qaytarishga erishdi

35. Qodirqulov jarima maydoni yaqinida raqib futbolchisini yiqitdi va buning uchun sheriklarini koyimoqda. Zarbadan keyin to‘p jonli devordagi futbolchimizga tegib maydonni tark etdi

39. Yaxshiboyev o‘ng qanotda faollik ko‘rsatib, to‘pni jarima maydoni ichiga uzatgandi. Biroq unga hech kim zarba bera olmadi

Xavfli vaziyatlar:

Futbolda oldin kayfiyatni ko‘tarib olamiz:)

-Хотин!
-Лаббай!
-Коса-тово?, чойнак-пиёлани сал узо?ро??а оп?ўй!
-Тинчликми?
-?а, ?озир футболчиларимиз ўйини бор...
????

— Muslim Mirzajonov (@Roshidoniy) January 19, 2020

O‘zbek futbolida 2019-yilning eng yaxshi jurnalisti deb topilgan inson esa hozircha O‘zbekiston — BAA uchrashuvi haqida sukut saqlashni ma’qul ko‘rmoqda:)

?ў?онда Ашурматовга ёрдамчи бўлиб Даврон Файзиев ?ам ишларкан. Мда

— Herolion (@Aslanov_K) January 19, 2020

O‘zbek futbolida agent sifatida tanilgan insonning bugungi o‘yin haqida fikri

Bugungi uchrashuv biz uchun qanchalik muhim bo'lsa, raqiblarimiz uchun ham shunchalik muhim. Arab shayhlari ham Taylandda o'yingga o'z "taraddudini" ko'rayotgan bo'lsa, ajab emas. Imkoniyatlarimizni 40/60 deb hisoblayman. Yigitlarga omad!

— Sanat Sharipov (@SanatSharipov) January 19, 2020

Taniqli sharhlovchi bir necha yil oldingi O‘zbekiston — BAA (2:3) uchrashuvini yodga oldi

2:0га енгаётганимизда, танаффусда кийим алмаштириш хонасига Абрамовни я?инлаштирмаслик керак:)

— Xayrulla Hamidov (@X_Hamidov) January 19, 2020

Uchrashuv boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda

Muxlislar fikri

Агар биз ўлим гурухига тушмаганимизда манимча тренеримиз захира ўйинчиларига кўпро? имкон берган бўлар эди.

— Troll Afandi (@troll_afandi) January 19, 2020

Asosiy tarkiblar bilan tanishing:

BAA: Muhammad ash-Shamsi, Muhammad Ali al-Mahri, Xalifa Muborak al-Hammadi, Majid Ibrohim Salim, Abdulla al-Amiri, Ali Solih Amro, Abdalla Ramazon Bekxit, Hassan al-Hamadi, Yahyo ash-Sharif, Majid Rashid al-Mehrzi, Sayid Ali Suvaydan.

O‘zbekiston: Abduvohid Ne'matov, Ilhom Alijonov, Husniddin Aliqulov, Islom Qobilov, Hojiakbar Alijonov, Aziz G‘aniyev, Abdulla Abdullayev, Oybek Bozorov, Sanjar Qodirqulov, Jasur Yaxshiboyev, Bobur Abduxoliqov.

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilarining maydondagi joylashuvi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2020, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют